Seven lessons on how recessions impact women

International evidence shows that in past recessions, men have tended to lose their jobs at a slightly faster rate than women. A key reason is that men are overrepresented in cyclical sectors such as…

Smartphone

独家优惠奖金 100% 高达 1 BTC + 180 免费旋转




Hindistonning mustaqil shaharlari

Yaqin kunlarda bir mavzu haqida oʻqiyotgan edim — Davlat boshqaruviga oid. Xabaringiz bor, har qanday unitar va yoki federal davlatda shaharlar avvalom bor, oʻzidan bitta yuqori turuvchi hududlarga boʻysunishadi. Masalan, shtatlarga, viloyatlarga, tumanlarga. Lekin shunday shaharlar ham borki, ular toʻgʻridan toʻgʻri oʻsha davlat hukumatiga boʻysunadi. Masalan bizdagi poytaxt Toshkent — hukumatga boʻysunadi. Bunday shaharlar Mustaqil shaharlar deb nomlanadi. Bugun Hindiston davlatining boshqaruvi bilan tanishib chiqishni boshladim.

Hindiston — federal respublika boʻlib, uning tarkibida 28 ta shtat va 7 ta birlashgan hududlar mavjud [1]. Hindistonda birinchi mustaqil shaharlar Madras(1678-yil), Kalkutta (1726-yil) va Bombey (1726-yil) shaharlari boʻlgan ekan. 1882-yil Hindistonni otasi deya tanilgan Lord Ripon mustaqil shaharlar boshqaruvining demokratik shakllarini oʻrnatgan va mustaqil shaharlar haqida tegishli qarorlar ham qabul qilgan ekan [2].

1991 yil Hindistondagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra mamlakatda 3255 ta shahar mahalliy boshqaruv organlari mavjud va ular 4 asosiy toifaga ajratilgan:
Yirik mustaqil shaharlar (Nagar Nigam deb nomlanadi)
Mustaqil shaharlar (Nagar Parishad deb nomlanadi)
Shahar kengashlari
Maxsus kengashlar

Birinchi va ikkinchi boshqaruv kengashlari mutlaq mustaqil boʻlib, toʻgʻridan toʻgʻri hukumatga boʻysunadi. Ular juda katta vakolatlarga ega. Masalan: sogʻliqni saqlash, taʼlim tizimi, jamoat xavfsizligi, shahar infratuzilmasi, erkin OAVlari, iqtisod, transport logistika, bank siyosati, investitsiya, turizm, ijtimoiy tenglik, soliq tizimi kabi bir nechta yirik funksiyalarni mustaqil va kompleks holda rivojlantirishni oʻz ichiga oladi. Bunga ishsizlikni kamaytirish, boʻsh ish oʻrinlarini yaratish, xalq manfaatlarini himoya qilish, sud tizimida shaffoflikni taʼminlash, eksportni importdan oshirish, erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilish, yangi tadbirkorlarga soliq va kredit yukini kamaytirish kabi vazifalarni ham oʻz ichiga oladi. Bu esa oʻsha shaharda yashash farovonligini, odamlarni xarid qilish qobiliyati va shaharlarda aholini sonini oshishi, yerdan unumli foydalanish, korrupsiyani va biznesda kutilmagan xavflarni kamayishi, oʻz byudjet tushumlarini va soliqlarini kerakli sohalarga yoʻnaltirish kabi ijobiy natijalarga olib keladi.

Odatda, mustaqil shaharlar maʼlum bir muddatga hukumat tomondan belgilanadi. Yirik shaharlar maqomini olish uchun oʻsha shahar kamida 1 million aholiga ega boʻlishi, oddiy mustaqil shahar nomini olish uchun esa kamida 100 ming, koʻpi bilan 1 million boʻlishi kerak. Ularni asosiy farqi — oddiy mustaqil shaharlar 5 yil muddatga belgilanadi va shu 5 yil ichida yirik kompleks rejalar amalga oshiriladi. Yirik mustaqil shaharlar bir marta ushbu maqomni oladi va shu maqomni doimo saqlab qoladi.

Add a comment

Related posts:

Ramadan Reflections

Many times we as Muslims may struggle with how to begin that connection with our creator, or if we are even deserving of that connection. We might wonder if we’re even worthy of Allah’s mercy and…

Coping With Nerfs

Whether imposed for a seemingly random reason or the greater good, nerfs to our favorite champions suck. It’s terrible to have power stripped away from you. However, there are ways to recover. See…

How to Attract and Retain Millennial Talent

Contrary to what popular stereotypes would have you believe, Millennials are people just like you. In fact, they’re looking for the same things most people want in life; love, acceptance, and…